Honor kompaniyasi yangi Honor 600 seriyasini xalqaro bozorga olib chiqishga tayyorlanmoqda. Tarqatilgan promo materiallar va test natijalari model haqida muhim tafsilotlarni ochib berdi.
Yangi liniyada ikkita model bo‘ladi. Standart Honor 600 Snapdragon 7 Gen 4 chipida ishlaydi. Pro versiya esa kuchliroq Snapdragon 8 Elite protsessoriga ega bo‘ladi. Bu yechim turli byudjetdagi foydalanuvchilarni qamrab olishga qaratilgan.

Seriyaning asosiy yangiligi kamerada. Har ikkala model ham 200 MP asosiy sensor bilan jihozlanadi. Odatda bunday kamera faqat flagmanlarga beriladi. Honor esa uni barcha modellarga qo‘shmoqda. Bu esa surat sifati va zum imkoniyatlarini sezilarli oshirishi kutilmoqda.
Dizayn ham premium segmentga yaqin. Qurilma to‘rt tomondan teng ramkali ekran bilan keladi. Metall korpus va maxsus ishlab chiqarish texnologiyasi mustahkamlikni oshiradi.

Yana bir muhim jihat — alohida SI tugmasi. U foydalanuvchiga sun’iy intellekt funksiyalariga tez kirish imkonini beradi. Ranglar orasida oq, to‘q sariq va qora variantlar bor. Asosiy marketing materiali oq rangga qaratilgan.
Hozircha rasmiy narx va taqdimot sanasi e’lon qilinmagan. Ammo mavjud ma’lumotlarga qaraganda, yangi smartfonlar tez orada global bozorda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz Honor X8d smartfoni haqida yozgan edi.

