Markaziy bank tomonidan 17-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quyma 9,676 mln so‘mdan sotilmoqda.
Qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 9 mln 300 ming so‘mni tashkil etadi. Qadoq buzilgan bo‘lsa 9 mln 206 ming so‘mdan qabul qilinadi. 10 grammli quyma narxi 19 mln 351 ming so‘m etib belgilandi. Qaytarib olish qiymati 18 mln 600 ming so‘m. Qadoq buzilgan holatda 18 mln 412 ming so‘mni tashkil etadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadoq buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9 mln 676 ming so‘m | 9 mln 300 ming so‘m | 9 mln 206 ming so‘m |
| 10 g | 19 mln 351 ming so‘m | 18 mln 600 ming so‘m | 18 mln 412 ming so‘m |
| 20 g | 38 mln 702 ming so‘m | 37 mln 199 ming so‘m | 36 mln 824 ming so‘m |
| 50 g | 96 mln 756 ming so‘m | 92 mln 999 ming so‘m | 92 mln 59 ming so‘m |
| 100 g | 193 mln 512 ming so‘m | 185 mln 997 ming so‘m | 184 mln 119 ming so‘m |
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi o‘zgarishlarga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oltinning global bozordagi narxi
Oltin narxi xalqaro bozorda o‘sishda davom etmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oltin bir unsiya uchun $4 800,54 darajaga yetdi. Kun davomida narx $14,94 ga oshdi, bu esa 0,31 foizlik o‘sishni anglatadi. Kumush ham ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Uning narxi bir unsiya uchun $79,26 ni tashkil etdi. Kunlik o‘sish $0,67 ga teng bo‘lib, 0,84 foizni tashkil etdi.
Oltinning uzoq muddatli ko‘rsatkichlari ham yuqori sur’atni namoyon qilmoqda. Oxirgi 30 kun ichida narx $182,67 ga yoki 3,97 foizga oshdi. So‘nggi 6 oyda o‘sish $443,25 ni, ya’ni 10,21 foizni tashkil etdi. Yillik hisobda oltin narxi $1 470,48 ga yoki 44,36 foizga qimmatlashdi. So‘nggi 5 yilda esa o‘sish $3 014,93 ga yetib, 170,27 foizni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 17-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

