Markaziy bank tomonidan 20-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning sotish narxi 9 660 000 so‘mni tashkil etdi.
10 grammli oltin 19 320 000 so‘mdan sotilmoqda. 20 grammli quymaning narxi esa 38 641 000 so‘mga yetgan. Yirikroq quymalar ham qimmatlashgan bo‘lib, 50 gramm 96 602 000 so‘m, 100 gramm esa 193 203 000 so‘m etib belgilandi.
Qaytarib sotib olish narxlari ham e’lon qilingan. Qadoq buzilmagan holatda 5 gramm oltin 9 285 000 so‘mdan qabul qilinmoqda. Agar qadoq shikastlangan bo‘lsa, narx 9 191 000 so‘mgacha tushadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qaytarib sotib olish (qadoq but) | Qaytarib sotib olish (qadoq buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 660 000 | 9 285 000 | 9 191 000 |
| 10 gramm | 19 320 000 | 18 570 000 | 18 382 000 |
| 20 gramm | 38 641 000 | 37 140 000 | 36 765 000 |
| 50 gramm | 96 602 000 | 92 850 000 | 91 912 000 |
| 100 gramm | 193 203 000 | 185 700 000 | 183 824 000 |
Markaziy bank qayd etishicha, xalqaro bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ushbu narxlar kun davomida yana o‘zgarishi mumkin.
Qaynoq24.uz 20-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

