Toshkent 2027-yilgi para yengil atletika Jahon chempionatiga mezbon bo‘ladi

Foto: Paralimpiya qo‘mitasi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahri para yengil atletika bo‘yicha 2027-yilgi Jahon chempionatiga mezbon sifatida rasman tasdiqlandi. Bu haqda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur musobaqa O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo tarixida ilk bor o‘tkaziladi. Jahon birinchiligi 2027-yil iyun oyida poytaxtdagi “Olimpiya shaharchasi” hududida joylashgan “Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi. Turnir XIII para yengil atletika Jahon chempionati hisoblanadi.

Musobaqa Osiyo qit’asida beshinchi bor tashkil etiladi. Avvalgi yillarda Doha, Dubay, Kobe va Nyu-Dehli shaharlari mezbonlik qilgan. Toshkent-2027 turnirida 100 dan ortiq mamlakatdan 1 300 nafarga yaqin sportchi qatnashishi kutilmoqda. Bu uni mintaqa tarixidagi eng yirik para sport tadbiriga aylantiradi.

Chempionat dasturi Paralimpiya o‘yinlari formatiga mos ravishda shakllantiriladi. Bu esa musobaqaning sport va tashkilotchilik darajasini yuqori bosqichga olib chiqadi.

Qaynoq24.uz Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.