24-aprel kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 24-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 26,53 so‘mga arzonlab, 12 015,96 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham sezilarli tushdi. U 96,06 so‘mga pasayib, 14 051,46 so‘m darajasida shakllandi. Britaniya funti esa 59,9 so‘mga arzonlab, 16 222,75 so‘m bo‘ldi.

Rossiya rubli 0,25 so‘mga kamayib, 160,30 so‘mga teng bo‘ldi. Xitoy yuani ham pasaydi va 6,57 so‘m yo‘qotib, 1 758,34 so‘mni tashkil etdi. Shveysariya franki eng katta pasayishlardan birini qayd etdi. U 112,31 so‘mga tushib, 15 303,06 so‘m bo‘ldi. Yapon iyenasi esa 0,35 so‘mga kamayib, 75,22 so‘m darajasida belgilandi.

Jadval:

ValyutaKursO‘zgarish
USD12 015,96-26,53
EUR14 051,46-96,06
RUB160,30-0,25
GBP16 222,75-59,9
JPY75,22-0,35
CHF15 303,06-112,31
CNY1 758,34-6,57

Qaynoq24.uz 23-aprel kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.