OnePlus kompaniyasi tomonidan yangi OnePlus 16 smartfoni kuchli yangilanishlar bilan taqdim etilishi mumkin. Bu haqda Gizchina nashri xabar bermoqda.
Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya bu safar smartfonni deyarli barcha yo‘nalishlarda jiddiy yangilashni rejalashtirgan. Yangi modelda ekran asosiy e’tibor markazida bo‘ladi. 6,78 dyuymli LTPO displey 185 Hz dan 240 Hz gacha yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bu esa qurilmani o‘yinlar va silliq interfeys bo‘yicha yetakchilardan biriga aylantiradi. Ramkalar juda yupqa bo‘lishi, dizayn esa yanada zamonaviy ko‘rinish olishi kutilmoqda.

Smartfon ichki quvvat bo‘yicha ham kuchayadi. U Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro protsessori bilan jihozlanishi mumkin. Ushbu chip yangi avlod hisoblanadi va sun’iy intellekt bilan ishlashda yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Kamera qismi ham sezilarli yaxshilanadi. OnePlus 15 modelidagi zaif zoom muammosi bartaraf etilishi kutilmoqda. Yangi qurilmada 200 megapikselli periskop kamera paydo bo‘lishi mumkin. Bu uzoq masofadan suratga olish sifatini ancha oshiradi.
Batareya hajmi esa yanada katta bo‘ladi. Taxminan 9000 mAh sig‘imdagi akkumulyator o‘rnatilishi kutilmoqda. Qurilma 120 W simli va 50 W simsiz tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Narx masalasi esa muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus 16 Xitoyda taxminan 5000 yuan atrofida sotuvga chiqadi. Bu taxminan 730 dollarni tashkil etadi va avvalgi modelga nisbatan sezilarli qimmatlashuv hisoblanadi.
Qaynoq24.uz OnePlus 16 200 MP kamera bilan chiqishi mumkinligi haqida yozgan edi.

