O‘zbekiston 2 oyda 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik eksport qildi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston xorijga 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur ko‘rsatkich umumiy eksport hajmining 13,2 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgani qayd etildi. Eksport tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari asosiy ulushni egallagan bo‘lib, ularning hissasi 52 foizga teng. Ip-kalava eksporti 30 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, trikotaj matolar 8 foiz, gazlamalar 7 foiz ulush bilan eksport qilingan. Qolgan qismda paypoq mahsulotlari va gilamlar hissasi nisbatan kam bo‘lib, ular mos ravishda 2 foiz va 1 foizni tashkil etgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekiston Respublikasining import hajmi 8,1 mlrd dollarni tashkil etgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.