O‘zbekiston importida Xitoy yetakchi: hajm keskin oshdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasining import hajmi 8,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,8% ga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat ushbu davrda 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar olib kirgan. Bu tashqi savdo aloqalarining kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

Import tarkibida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ikki oy ichida ushbu davlatdan 2,8 mlrd dollarlik mahsulot keltirilgan. Ikkinchi o‘rinda Rossiya turibdi, uning ulushi 1,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, Koreya Respublikasi va Turkiya joylashgan. Bu davlatlardan mos ravishda 677 mln, 306,1 mln va 259,8 mln dollarlik import amalga oshirilgan.

Shuningdek, Germaniya va Hindiston ham yetakchi hamkorlar qatoridan joy olgan. Belarus, Turkmaniston va AQSh esa TOP-10 ro‘yxatini yakunlagan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xizmatlari hajmi 4,3 trln so‘mga yetgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.