Tracker 2026 avtomobili O‘zbekistonda qachon chiqadi

Foto: Chevrolet
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

«O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmati Chevrolet Tracker 2026 avtomobilining mahalliy bozorda ishlab chiqarish yuzasidan Kursiv Uzbekistan nashriga izoh berdi.

«O‘zavtosanoat» AJ matbuot xizmatining «Kursiv» nashriga ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda yangi Chevrolet Tracker modelini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmagan.

«Mazkur yo‘nalishda tegishli qarorlar qabul qilingan taqdirda, bu haqda jamiyatning rasmiy axborot resurslarida e’lon qilinadi», – deyiladi kompaniya sharhida.

Chevrolat Tracker 2026 o‘zi qanday model

2026-yilgi Chevrolet Tracker Chiliga yangilangan texnik ko‘rsatkichlar bilan kirib keladi. Krossover 1,2 litrli uch silindrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu motor 132 ot kuchi va 190 Nm aylanish momentini ishlab chiqaradi.

Dvigatel faqat 6 pog‘onali avtomatik uzatma bilan taklif etiladi. Mexanik quti variantlari mavjud emas. Yangilanishlar elektr rul boshqaruvi tizimiga ham tegishli. Rul yanada aniq va yengil ishlashi uchun optimallashtirilgan. Shuningdek, osma tizimi qayta sozlangan. Bu esa yo‘lda barqarorlik va qulaylikni oshiradi. Turbo tizimi ham yaxshilangan. Natijada avtomobil samaradorligi va yoqilg‘i tejamkorligi oshishi kutilmoqda.

Model Braziliyadagi San-Kaetano-du-Sul zavodida ishlab chiqariladi. Bu GM’ning ushbu model bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish markazi hisoblanadi. Tracker oltita kuzov rangida taklif etiladi. Avtomobil 5 yil yoki 100 ming km kafolat bilan sotiladi.

Qaynoq24.uz Tracker narxi Rossiyada pasaygani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.