Vivo X500 seriyasi haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Foto: Vivo
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Vivo X500 seriyasi haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina texnologiyalar nashri xabar bermoqda. Kompaniya X400 nomini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Yangi liniyada uch xil ekran o‘lchami bo‘lishi kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, 6,37 dyuymli 1.5K LTPO displey, 6,85 dyuymli 2K LTPO panel va 6,59 dyuymli 1.5K LTPS ekran ustida ish olib borilmoqda.

Katta ehtimol bilan LTPO texnologiyasi Pro modellarga beriladi. Oddiy versiyada esa LTPS panel qo‘llanilishi mumkin. Shu asosda kichikroq ekran Pro modelga, eng kattasi esa Pro Max variantiga tegishli bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Yangi seriya MediaTek’ning flagman chipsetlari bilan jihozlanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, standart model Dimensity 9600 bilan chiqadi. Pro va Pro Max esa yanada kuchli Dimensity 9600 Pro protsessorini oladi. Kompaniya kelasi yilda liniyani kengaytirishni ham rejalashtirmoqda. Vivo X500 Ultra modeli Snapdragon 8 Elite Gen 6 Pro chipi bilan chiqishi mumkin. Bundan tashqari, X500s nomli yangilangan versiya ham taqdim etilishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Vivo Y600 Pro 10 200 mA/soat batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.