Parvarishlash nafaqasi kengaytiriladi

Foto: Pexels / SHVETS production
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 1-sentabrdan boshlab parvarishlash nafaqasi kengaytiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Yangi tartibga asosan, 2026-yil 1-sentabrdan 18 yosh va undan katta bo‘lgan, chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarni parvarish qilayotgan qonuniy vakillarga ham nafaqa beriladi. Nafaqa miqdori nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarish qilish uchun ajratiladigan to‘lov bilan teng bo‘ladi.

Shu bilan birga, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mavjud “Muruvvat” internat uylari “G‘amxo‘rlik” markazlari sifatida qayta nomlanadi. Bu markazlar faoliyati yanada kengaytiriladi va zamonaviy ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmatlarni muvofiqlashtiruvchi maxsus markaz tashkil etiladi. Bu tizim xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

2026-yil 1-maydan boshlab “G‘amxo‘rlik” markazlariga yangi toifadagi shaxslar qabul qilinadi. Jumladan, maxsus komissiya xulosasi asosida nogironligi bo‘lgan bolalar, qarindoshlari yo‘q yoki yashash sharoiti yaroqsiz bo‘lgan ruhiy kasalligi bor shaxslar hamda boshqa ehtiyojmand fuqarolar ushbu markazlarga joylashtiriladi.

Markazlarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning yangi yondashuvi joriy etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar sport, ijodiy mashg‘ulotlar va mehnat terapiyasiga jalb qilinadi. Bu ularning ijtimoiy moslashuvini kuchaytirishga qaratilgan.

Shuningdek, “murabbiy kuzatuvida mustaqil yashash” xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu tizim nogironligi bo‘lgan shaxslarni mustaqil hayotga tayyorlashga yordam beradi.

Qaynoq24.uz qimmatbaho toshlar bo‘yicha javobgarlik kuchaytirilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.