Markaziy bank tomonidan 1-may uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 37,19 so‘mga arzonlab, 11 937,60 so‘mni tashkil etdi.
Yevro 47,09 so‘mga tushib, 13 961,02 so‘mga teng bo‘ldi. Britaniya funti ham pasayib, 51,42 so‘m yo‘qotdi va 16 119,34 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli 0,17 so‘mga kamayib, 159,47 so‘mga tushdi. Xitoy yuani ham pasayib, 1 748,13 so‘mni tashkil etdi.
Shu bilan birga, Shveytsariya franki biroz mustahkamlanib, 8,57 so‘mga oshdi va 15 160,78 so‘mga yetdi. Yaponiya iyenasi esa o‘zgarishsiz qoldi.
| Valyuta | Kurs (so‘m) | O‘zgarish |
|---|---|---|
| USD | 11 937,60 | -37,19 |
| EUR | 13 961,02 | -47,09 |
| RUB | 159,47 | -0,17 |
| GBP | 16 119,34 | -51,42 |
| JPY | 74,92 | 0 |
| CHF | 15 160,78 | +8,57 |
| CNY | 1 748,13 | -4 |
Qaynoq24.uz 30-aprel kuni oltin quymalari qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

