O‘zbekistonda chiqindidan energiya ishlab chiqarish kengaytiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni qayta ishlash va undan elektr energiyasi ishlab chiqarish kengaytiriladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umumiy qiymati 933 mln dollar bo‘lgan 6 ta zavod Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida qurilmoqda. Mazkur korxonalar ishga tushgach, yiliga 3,6 mln tonna chiqindi qayta ishlanadi va 1,6 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Keyingi bosqichda yana $633 mlnlik 5 ta yangi zavod qurilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Navoiy viloyatida xavfli chiqindilarni boshqarish bo‘yicha MDHda ilk integratsiyalashgan platforma yaratish taklif qilindi. Loyiha qiymati $260 mln bo‘lib, yiliga 330 ming tonna xavfli chiqindini qayta ishlash quvvati yaratiladi. Unda chiqindilarni laboratoriyada tahlil qilish, maxsus poligon tashkil etish va RDF yoqilg‘i ishlab chiqarish nazarda tutilgan.

Qurilish chiqindilari hajmi ham keskin oshgan. Agar 2017-yilda bu ko‘rsatkich 1,2 mln tonna bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yilda 1,9 mln tonnaga yetgan. Shu sababli chiqindilarni boshqarishning to‘liq raqamli tizimini yaratish taklif etildi. Unda chiqindilar harakati GPS orqali real vaqt rejimida kuzatiladi.

Bundan tashqari, noqonuniy chiqindi tashlashni aniqlash va jazoni kuchaytirish, qurilish obyektlarini topshirishda utilizatsiya shartlarini majburiy qilish rejalashtirilmoqda. Farg‘ona” milliy bog‘idagi “Yozyovon” hududini muhofaza qilish, kuzatuv tizimlarini joriy etish va sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz Mirziyoyev Orolni qutqarish jamg‘armasiga rahbar bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.