O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 717 mingdan oshdi

Foto: Depositphotos
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 717 462 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya agentligi xabar berdi.

Shundan 314 030 nafari nogironlik nafaqasi oluvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu ijtimoiy nafaqa turlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi. 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan va OITS kasalligiga chalingan bolalar nafaqasi 166 953 nafar fuqaroga tayinlangan.

Yoshga doir nafaqa oluvchilar soni 96 768 nafarni tashkil etdi. Parvarishlash nafaqasi esa 70 316 nafar fuqaroga berilgan. Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi 59 025 nafar fuqaroga tayinlangan. Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar hamda yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam oluvchilar soni 9 595 nafarni tashkil qilgan.

Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya 5 436 nafar fuqaroga tayinlangan. Oilaviy bolalar uyi va patronatga olingan bolalar uchun to‘lov esa 1 721 nafar fuqaroga berilgan. Ma’lumot uchun, 2026-yil aprel oyida yangi tayinlangan nafaqa oluvchilar soni 6 723 nafarni tashkil etdi.

Qaynoq24.uz 2026-yilda oylik va nafaqalar qanchaga oshishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.