«O‘zbektelekom»ga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqaro ushlandi

Foto: Unsplash / Igal Ness
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Taxiatosh tumanida «O‘zbektelekom»ga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Taxiatosh tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro N.S. 20 mln so‘m evaziga fuqaro X.R.ni «O‘zbektelekom» AKga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. U buni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirishini aytgan.

Foto: Departament

Fuqaro kelishilgan pulning 15 mln so‘mini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Qayd etilishicha, N.S. avval ham sudlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik hamda 28, 211-moddasi, ya’ni pora berishga suiqasd qilish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Urgutdagi savdo majmuasi 4,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.