O‘zbekistonda so‘nggi 10 yil ichida yengil avtomobil ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda 457,9 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2015-yilga nisbatan 267,4 ming donaga ko‘p. O‘sha yili O‘zbekistonda 190,5 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan edi. Shu tariqa, 10 yil ichida ishlab chiqarish hajmi 2,4 barobarga oshgan.
2026-yilning yanvar-mart oylarida esa turli rusumdagi 108 769 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu avtomobil sanoatida yuqori ishlab chiqarish sur’ati saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.
Yillar kesimida eng past ko‘rsatkich 2016-yilda qayd etilgan. O‘sha yili mamlakatda 92,7 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Keyingi yillarda esa ishlab chiqarish hajmi bosqichma-bosqich tiklandi. 2018-yilda ishlab chiqarish 225,8 ming donaga yetdi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 278 ming donani tashkil etdi. 2020-yilda esa 285,2 ming dona avtomobil ishlab chiqarildi.
2021-yilda ishlab chiqarish hajmi 242,2 ming donagacha kamaydi. Biroq 2022-yildan boshlab avtomobil sanoatida yana o‘sish kuzatildi. O‘sha yili 341,2 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. 2023-yilda ishlab chiqarish hajmi 426,1 ming donaga yetdi. 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 435,2 ming donani tashkil qildi. 2025-yilda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarish 457,9 ming donaga chiqdi.
Qaynoq24 to‘rt oyda O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq turist kelgani haqida yozgan edi.

