Besh hududda 951,2 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Besh hududda 951,2 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, beshta holatda davlat va jamiyat manfaatlariga jami 951,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. Xo‘jaobod tumanida YATT “O.X.” noturar binoda umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlandi. U tijorat maqsadida 267,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Chust tumanida fuqaro O.A. o‘z xonadonida umumiy elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangani ma’lum bo‘ldi. Natijada 188,5 mln so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan. Samarqand tumanida “Sh.A.” oilaviy korxonasi rahbari Sh.A. ham noturar binoda elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Ushbu holatda zarar 188,7 mln so‘m deb baholangan.

Toshkent tumanida fuqaro Sh.B. “Oqtom” MFY hududidagi xonadonida elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulangani aniqlandi. U 157,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Buvayda tumanida esa “R.M.” fermer xo‘jaligi mas’ullari elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgan. Bu orqali 148,7 mln so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ishlatilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Ishlar Jinoyat kodeksining 169-moddasi va 185-2-moddasi bilan ko‘rilmoqda. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Namanganda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosi aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.