Uchta hududda 557,3 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘ka tumanida fuqaro M.A. “Yangi hayot” MFY hududidagi xonadonida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. U tijorat maqsadida 315,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Oqdaryo tumanida ham shunga o‘xshash holat fosh etildi. Fuqaro S.S. “Mustaqillik” MFY hududidagi xonadonida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan. Natijada 127,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan foydalanilgani ma’lum bo‘lgan. Samarqand shahrida esa umumiy o‘rta ta’lim maktabi mas’ullari gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan. Bu holatda yetkazilgan zarar 114,6 mln so‘mni tashkil qilgan.
Umumiy zarar miqdori 557,3 mln so‘mga yetgan. Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi va 185-2-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Tekshiruvni fuqaro foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan IIB xodimi ushlangani haqida yozgan edi.

