Farg‘ona va Namanganda noqonuniy dori vositalari aniqlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari xabar berdi.

DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari bojxona organlari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining muomalaga kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro nazoratga olindi. U “Gazelle” rusumli yuk avtomashinasida olib kelingan dori vositalarini yashash xonadoniga tushirayotgan vaqtda to‘xtatildi.

Aniqlanishicha, ushbu avtomashinada umumiy qiymati 778 mln so‘m bo‘lgan 38 turdagi 45 960 dona dori vositasi bo‘lgan. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Shundan so‘ng fuqaroning xonadoni ham ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida u yerda yana 468 mln so‘mlik 25 turdagi 16 535 dona dori vositasi me’yoriy talablarga zid ravishda saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shunga o‘xshash holat Namangan viloyatida ham aniqlandi.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, bojxona organlari hamda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida Namangan shahrida yashovchi 1995-yilda va 1993-yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaroning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Ular yashash xonadonlari va Davlatobod tumanida joylashgan noturar binoda xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini saqlab kelgani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dorilar mamlakatga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan. Fuqarolar ularni keyinchalik sotuvga chiqarishni rejalashtirgani aytilmoqda. Ko‘zdan kechirish jarayonida uchta manzildan jami 453 turdagi 32 528 quti dori vositasi rasmiylashtirib olindi. Ularning taxminiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq ekani qayd etildi.

Hozirda har ikki holat bo‘yicha dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvlari tayinlangan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Farg‘onada qalbaki alkogol ishlab chiqarilgan yashirin sex aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.