Yaponiyada Suzuki Every mikroveni yangilandi. Ushbu model Chevrolet Damas’ning ajdodi sifatida tilga olinadi.
Suzuki Every va Chevrolet Damas bir-biriga o‘xshash ixcham bir hajmli avtomobillar hisoblanadi. Biroq ularni bir necha o‘n yillik texnologik farq ajratib turadi.
Suzuki Every’ning oltinchi avlodi 2015-yildan beri ishlab chiqariladi. Model 2026-yil bahorida rejali restaylingdan o‘tdi. Yangilangan avtomobil old qismi dizayni, LED optikasi va kengaytirilgan kuzov ranglari bilan ajralib turadi. Avvalgi AGS «robot» uzatma o‘rniga endi CVT variatori taklif etiladi.

Mikroven ADAS haydovchiga yordam tizimlari bilan ham jihozlandi. Ular orasida adaptiv kruiz-nazorat ham bor.
Salonda analog ko‘rsatkichlar o‘rnini raqamli priborlar paneli egalladi. Endi u barcha versiyalarda standart jihoz sifatida beriladi. Qo‘shimcha opsiyalar orasida 9 dyuymli sensor ekran, ichki navigatsiya, 360 darajali kameralar va rulni isitish funksiyasi bor.
Suzuki Every ikki xil salonga ega. Every Wagon yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan. Oddiy Every esa old o‘rindiqlar ortida yuk bo‘limi bilan taklif etiladi.
Avtomobilning orqa yon eshiklari ikki tomondan suriladigan qilib ishlangan. Bu tor joylarda salonga kirish va yuk ortishni osonlashtiradi. Modelda shovqin va tebranishni kamaytirish bo‘yicha ham o‘zgarish qilingan. Tom panellari orasiga maxsus dempferlovchi germetik qo‘shilgan.

Suzuki Every 660 kub santimetrli uch silindrli benzin dvigatel bilan jihozlanadi. Atmosfera motor 48 hp quvvat beradi. Ushbu dvigatel 5 pog‘onali mexanik uzatma yoki CVT variatori bilan ishlaydi. Turbo versiya esa 63 hp quvvatga ega va faqat CVT bilan taklif etiladi.
Texnik imkoniyatlar
Avtomobil orqa yuritma yoki ulanadigan to‘liq yuritma bilan sotiladi. Yaponiyada Suzuki Every’ning bazaviy PA versiyasi 1,343 mln iyendan boshlanadi. Bu taxminan 3,97 mln tengega teng. Bazaviy versiyada orqa yuritma, mexanik uzatma va oddiy eshik oynalari mavjud. Shunga qaramay, unda ikki xavfsizlik yostig‘i, konditsioner, elektr rul kuchaytirgich, ABS va ESP bor.

Bundan tashqari, avtomatik tormozlash va yo‘lakdan chiqish haqida ogohlantirish tizimlari ham standart jihozga kiritilgan. Nashr taqqoslashicha, bu narx Qozog‘istonda sotiladigan yangi 38 hp quvvatli karburatorli Damas’dan qariyb arzonroq.
Suzuki shuningdek e-Every elektr versiyasini ham taklif qiladi. Biroq u boshqa model hisoblanadi va bazaviy benzinli Every’dan ikki baravar qimmat turadi.
Qaynoq24.uz BYD 1800 km yura oladigan yangi krossoverini chiqarishi haqida yozgan edi.


