AQShdagi zavod portlashida 11 kishi halok bo‘ldi

Foto: Anadolu
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQShning Vashington shtatidagi Longvyu shahrida joylashgan zavodda kimyoviy modda saqlanadigan rezervuar portladi. Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi.

Portlash 26-may kuni ertalab Nippon Dynawave Packaging Co. korxonasida yuz bergan. Zavod Yaponiya kompaniyasiga tegishli bo‘lib, u yerda selluloza va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqariladi. Dastlab ikki ishchi halok bo‘lgani va yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgani ma’lum qilingan edi. Keyinchalik qidiruv ishlari davomida bedarak yo‘qolganlarning ham jasadlari topildi. Shu tariqa qurbonlar soni 11 nafarga yetdi.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, rezervuarda qog‘oz ishlab chiqarishda ishlatiladigan korroziv kimyoviy eritma bo‘lgan. Portlashdan so‘ng moddaning bir qismi zavod hududiga tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ifloslanish Kolumbiya daryosigacha yetib borgan.

Hodisa oqibatida bir necha kishi kimyoviy kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan. Jabrlanganlar orasida zavod xodimlari va favqulodda xizmat vakili ham borligi aytilmoqda. Rasmiylar aholi uchun havo sifati va ichimlik suvi bo‘yicha darhol xavf aniqlanmaganini bildirdi. Shunga qaramay, mutaxassislar hududdagi ekologik holatni kuzatishda davom etmoqda.

AQSh Kimyoviy xavfsizlik kengashi hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi. Mutaxassislar portlashga nima sabab bo‘lganini aniqlashi kerak. Vashington shtati gubernatori Bob Ferguson ushbu hodisani shtat tarixidagi eng og‘ir sanoat fojialaridan biri bo‘lishi mumkinligini aytdi.

Qaynoq24.uz AQSh va Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochishga kelishgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.