Saudiya Arabistoni JCH-2026 chiptalarini bepul tarqatmoqda

Foto: SI
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi JCH-2026 o‘yinlari uchun o‘z muxlislariga bepul chipta tarqatishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti The Sun nashriga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror FIFAning ayrim o‘yinlarda tomoshabinlar kam bo‘lishidan xavotiri fonida qabul qilingan. Shunga o‘xshash amaliyot 2025-yilda AQShda o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham qo‘llangan.

Xabarda aytilishicha, Saudiya Arabistoni terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun turnirga kelgan har bir muxlis bepul chipta olishi mumkin.

Nashr bu qarorni FIFAga qarshi berilgan sud da’volari bilan ham bog‘lamoqda. Ayrim shtatlar tashkilotni 48 ta terma jamoa ishtirokidagi turnirdan kutilgan iqtisodiy foyda bo‘yicha va’dalarni bajarmaganlikda ayblamoqda.

Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni o‘yinlariga chiptalar hali ham $3 minggacha narxda taklif qilinmoqda. Xabarda arenalarda minglab o‘rinlar bo‘sh qolayotgani qayd etilgan. JCH-2026 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika stadionlarida bo‘lib o‘tadi. Turnirda ilk bor 48 ta terma jamoa qatnashadi.

Qaynoq24.uz Jazoir terma jamoasining JCH-2026 uchun tarkibi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.