O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 165,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,9 foizga oshgan. 1-may holatiga ko‘ra, chakana savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 101 182 taga yetdi.
Shuningdek, yanvar-aprel oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 155,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,7 foizga ko‘p.
1-may holatiga respublikada ulgurji savdo sohasida 57 301 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mga yetgani haqida yozgan edi.


