O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-aprel oylarida 148 859 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Chevrolet Cobalt yetakchilikni saqlab qolmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 ming donaga ko‘p bo‘ldi. Ishlab chiqarishda Cobalt modeli yetakchilik qildi. To‘rt oyda ushbu avtomobildan 53 802 dona ishlab chiqarilgan.
Keyingi o‘rinda Damas turibdi. Yanvar-aprel oylarida 28 352 dona Damas ishlab chiqarildi. Tracker avtomobillari ishlab chiqarish hajmi 14 518 donani tashkil etdi. Onix modeli bo‘yicha esa 12 259 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, ushbu davrda 8 882 dona KIA avtomobili tayyorlandi. BYD avtomobillari ishlab chiqarish hajmi 7 011 donaga yetdi. Haval brendi bo‘yicha 3 425 dona, Chery bo‘yicha esa 2 572 dona avtomobil ishlab chiqarilgan.
Maxsus yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 18 038 donani tashkil etdi. Umumiy hisobda Cobalt va Damas O‘zbekistonda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘ldi.
Qaynoq24.uz BYD kompaniyasi avtopilot xatolari uchun sug‘urta joriy qilgani haqida yozgan edi.


