O‘zbekistonda 4-iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq ham kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Ba’zi vaqtlarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Momaqaldiroq ham kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Tog‘li hududlarda shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Momaqaldiroq vaqtida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 3-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.


