Lada Azimut gibrid avtomobili qachon chiqadi

Foto: TASS
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AvtoVAZ kompaniyasi yangi Lada Azimut gibrid avtomobilini 2026-yilning to‘rtinchi choragida sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

Kompaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, model ishlab chiqarilishi keyingi chorakda boshlanishi kerak. Dastlabki avtomobillar esa yil oxirigacha dilerlarga yetkazib berilishi kutilmoqda. Sokolov Lada Azimut’ning gibrid prototipi ham 2026-yil oxirigacha namoyish etilishi mumkinligini aytdi. U barcha istiqbolli ishlanmalar ham seriyali ishlab chiqarishga yetib bormasligini qayd etdi. Biroq kompaniya yangi texnologik imkoniyatlarni baholash uchun prototipni shu yil ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Gibrid versiyaning dastlabki texnik ko‘rsatkichlari ham ma’lum qilingan. U to‘liq yuritmali tizimga ega bo‘ladi. Kuch qurilmasi 394 ot kuchi ishlab chiqaradi. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,7 soniyada chiqishi aytilmoqda. Yoqilg‘i quyishsiz yurish zaxirasi esa 1100 km gacha yetishi mumkin.

Foto: Autostrada

Bundan tashqari, AvtoVAZ Lada avtomobillariga obuna dasturini kengaytirish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Hozircha bu xizmat Lada Vesta uchun mavjud.

Kelajakda dasturga boshqa modellar ham qo‘shilishi mumkin. Ular orasida korporativ mijozlar uchun Lada Largus, shuningdek, Lada Iskra va yangi Lada Azimut krossoveri ham bor.

Kompaniya bunday qaror bozordagi talabga qarab qabul qilinishini bildirdi. Avvalroq Lada avtomobillarida avtopilot va sun’iy intellekt texnologiyalari paydo bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabar berilgan edi.

Qaynoq24.uz Kia Sonet avtomobilining yangiliklari va afzalliklari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.