O‘zbekiston Niderlandiyaga mag‘lub bo‘ldi

Foto: UFA
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv AQShning Nyu-York shahridagi “Aykan Stedium”da bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda hisob 32-daqiqada ochildi. Niderlandiya yarim himoyachisi Kodi Gakpo penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lim Niderlandiyaning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston hisobni tenglashtirish uchun bosimni kuchaytirdi.

Foto: UFA

87-daqiqada Niderlandiya futbolchisi Gus Til maydondan chetlatildi. U jarima maydoni yaqinida qo‘l bilan o‘ynagani uchun qizil kartochka oldi.

Hakam Alissa Pennington VAR tekshiruvidan so‘ng penalti belgilamadi. Shundan keyin O‘zbekiston hujumlarini davom ettirdi.

90+2-daqiqada Igor Sergeyev hisobni tenglashtirdi. Uning goli o‘yinga yana intriga qaytardi. Biroq 90+8-daqiqada Niderlandiya ikkinchi bor penaltiga ega bo‘ldi. Kodi Gakpo yana aniq zarba berib, dubl qayd etdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Gakpo har ikki golni penaltidan urdi. Uchrashuv har ikki jamoa uchun JCH-2026 oldidan tayyorgarlikning bir qismi bo‘ldi. Niderlandiya mundialda Yaponiya, Tunis va Shvetsiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Foto: UFA

O‘zbekiston esa Portugaliya, Kolumbiya va DR Kongo bilan bir guruhda o‘ynaydi. Terma jamoamiz Portugaliyaga qarshi 23-iyun kuni maydonga tushadi.

FIFA reytingida Niderlandiya sakkizinchi o‘rinda turibdi. O‘zbekiston milliy jamoasi esa 50-pog‘onani egallagan.

Qaynoq24.uz O‘zbekiston Kanadaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.