Netanyaxu Tramp bilan Eron bo‘yicha ehtimoliy kelishuvni muhokama qildi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Eron bo‘yicha shakllanayotgan kelishuvni muhokama qildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Muzokara Trampning Tehron bilan bitim tasdiqlanish bosqichida ekani haqidagi bayonotidan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Isroil bosh vaziri devoni ma’lumotiga ko‘ra, Netanyaxu va Tramp Eron bilan muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi yuzasidan fikr almashgan.

Bayonotda Isroil ushbu memorandum tomoni emasligi qayd etildi. Shu bilan birga, Netanyaxu yakuniy kelishuv Eronning boyitilgan uranini mamlakatdan olib chiqish, uning yadroviy infratuzilmasini demontaj qilish, ballistik raketalar ishlab chiqarishni cheklash hamda Tehronning mintaqadagi ittifoqchi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashini to‘xtatishni nazarda tutishi kerakligini ta’kidladi.

Isroil bosh vaziri Trampga aynan shu shartlar yakuniy hujjatda aks etishi uchun bildirayotgan pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirgan. Avvalroq Donald Tramp Eron bilan kelishuv Tehron tomonidan tasdiqlanish bosqichida ekanini ma’lum qilgan edi. U shuningdek, 11-iyun kuni Eronga qarshi rejalashtirilgan aviazarba va bombardimonlarni bekor qilganini aytdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron bilan muzokaralar mamlakat oliy rahbariyati darajasiga olib chiqilgan va ma’qullangan. Shu sababli u AQSh prezidenti sifatida Eronga qarshi rejalashtirilgan harbiy zarbalarni bekor qilganini bildirgan.

Ushbu bayonotlar Isroil rahbariyatida kutilmagan holat sifatida qabul qilingani xabar qilindi. Chunki Isroil Eronning yadroviy dasturi va mintaqadagi qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlashini o‘z xavfsizligi uchun asosiy tahdidlardan biri deb biladi.

Shu bilan birga, Eron ommaviy axborot vositalari Trampning bayonotini rad etdi. Tehron tomoni AQSh bilan ehtimoliy kelishuv matni hali tasdiqlanmaganini bildirdi.

Qaynoq24.uz Tramp Eronga zarbalarni bekor qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.