15-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 15-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammlik oltin quymaning sotuv narxi 9 mln 241 ming so‘m etib belgilangan.

Ushbu quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 75 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa texnik ekspertizadan so‘ng 7 mln 993 ming so‘mni tashkil etadi.

10 grammlik oltin quymaning sotuv narxi 18 mln 482 ming so‘m bo‘ldi.

Markaziy bank uni qadog‘i but holatda 16 mln 149 ming so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 15 mln 986 ming so‘mdan qaytarib sotib oladi.

20 grammlik oltin quymaning sotuv narxi 36 mln 964 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu quymaning qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 32 mln 299 ming so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 31 mln 973 ming so‘m etib belgilandi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxiQadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa
5 gramm9 241 000 so‘m8 075 000 so‘m7 993 000 so‘m
10 gramm18 482 000 so‘m16 149 000 so‘m15 986 000 so‘m
20 gramm36 964 000 so‘m32 299 000 so‘m31 973 000 so‘m
50 gramm92 411 000 so‘m80 747 000 so‘m79 932 000 so‘m
100 gramm184 821 000 so‘m161 494 000 so‘m159 863 000 so‘m

Regulyator izohiga ko‘ra, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalar narxi kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 15-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.