O‘zbekistonda 17-iyun kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Respublikaning aksariyat hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi hamda shamol kuchayishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi, ayrim vaqtlarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 22–24 daraja, kunduzi 33–35 daraja atrofida bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar bilan kechishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 33–38 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham beqaror ob-havo saqlanadi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 31–36 darajani tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun nisbatan issiq bo‘ladi. Ushbu hududlarda ham ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kutilmoqda. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22–27 daraja, kunduzi 35–40 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 16-iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgandi.


