Markaziy bank tomonidan 17-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 mln 243 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Markaziy bank ushbu quymani qadog‘i but holatda 8 mln 266 ming so‘mga, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa ekspertizadan so‘ng 8 mln 183 ming so‘mga qaytarib sotib oladi.
10 grammli oltin quymaning sotish narxi 18 mln 487 ming so‘m etib belgilandi. Uning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 16 mln 533 ming so‘mni, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 16 mln 366 ming so‘mni tashkil qiladi.
20 grammli oltin quyma 36 mln 973 ming so‘mdan sotilmoqda. Mazkur quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 33 mln 66 ming so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 32 mln 732 ming so‘m miqdorida belgilangan.
Jadval:
| Oltin quyma og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi | Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 243 000 so‘m | 8 266 000 so‘m | 8 183 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 487 000 so‘m | 16 533 000 so‘m | 16 366 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 973 000 so‘m | 33 066 000 so‘m | 32 732 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 433 000 so‘m | 82 664 000 so‘m | 81 829 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 867 000 so‘m | 165 328 000 so‘m | 163 658 000 so‘m |
Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalar narxlarini kun davomida qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini eslatdi.
Qaynoq24.uz 17-iyun kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.


