19-iyun kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, ba’zi vaqtlarda 10–12 m/s gacha kuchayishi va ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 31–33 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 37–42 darajagacha ko‘tariladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ushbu hududlarda kunduzi harorat 35–40 daraja atrofida bo‘ladi, ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi 31–36 daraja bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli saqlanadi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.
Qaynoq24.uz 17-iyun kuni ob-havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.


