Markaziy bank tomonidan 19-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 33,51 so‘mga qimmatlab, 12 085,56 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani ham o‘sish qayd etdi — uning kursi 2,29 so‘mga oshib, 1 785,74 so‘mga yetdi.
Yevro kursi esa pasaydi. Yevropa valyutasi 114,6 so‘mga arzonlab, 13 870,60 so‘m bo‘ldi. Britaniya funti ham sezilarli tushdi: kurs 168,95 so‘mga pasayib, 16 002,49 so‘mni tashkil qildi.
Shveysariya franki 168,84 so‘mga arzonlab, 15 058,01 so‘mga tushdi. Rossiya rubli 0,78 so‘mga pasayib, 164,52 so‘m bo‘ldi. Yapon iyenasi esa 0,08 so‘mga arzonlab, 75,16 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 18-iyun kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


