Ispaniyada 750 mingta uy yetishmayapti — tahlil

Foto: Emilio Morenatti / AP
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Ispaniyada uy-joy taqchilligi 750 mingta obyektga yetdi. Bu haqda Ispaniya bankining 2025-yil uchun milliy iqtisodiyot holatiga bag‘ishlangan yillik hisobotida ma’lum qilindi.

Regulyatorga ko‘ra, mamlakatda uy-joy taklifi talab o‘sishiga yetarli darajada javob bermagan. Ayniqsa, Madrid, Barselona, Alikante, Valensiya, Mursiya va Malaga provinsiyalarida vaziyat keskin. Uy-joy qurilishi va yangi xonadon xo‘jaliklari o‘rtasidagi umumiy tafovutning 52,5 foizi aynan shu hududlarga to‘g‘ri keladi.

Ispaniya banki ayrim hududlarda foydalanilmayotgan uylar ko‘p bo‘lsa-da, ular muammoni hal qila olmasligini qayd etdi. Masalan, mamlakat bo‘ylab 2000-yillardagi qurilish “bumi” davrida qurilgan qariyb 450 mingta uy bo‘sh turibdi. Biroq ularning katta qismi oilaviy yashash uchun noqulay joylashgan yoki yomon holatda.

Taklifning oshishiga turistik va mavsumiy ijaraga berilayotgan uylar ham ta’sir qilmoqda. Hisobotga ko‘ra, mamlakatda qariyb 400 mingta obyekt shu maqsadda ishlatilmoqda. Bundan tashqari, 2021–2025-yillarda uy-joy bitimlarining 7,4 foizi norezident xaridorlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qurilish sur’atiga byurokratik to‘siqlar, turli darajadagi hokimiyatlar o‘rtasidagi normativ tafovutlar, shaharsozlik rejalari sekinligi va malakali ishchi kuchi yetishmasligi ham xalaqit bermoqda. Ispaniya bankiga ko‘ra, olti yirik aglomeratsiyada qurilishi mumkin bo‘lgan, ammo hali amalga oshirilmagan uylar soni 1,1 mln atrofida.

Qaynoq24.uz Ispaniya Yevropa Ittifoqi–Isroil kelishuvini bekor qilishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.