O‘zbekistonlik hakamlar jamoasi FIFA Jahon chempionatidagi ilk uchrashuviga tayinlandi. AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tayotgan mundialning 2-turidan o‘rin olgan Shotlandiya — Marokash bahsini Ilgiz Tantashev boshqarib boradi.
FIFA hakami Ilgiz Tantashevga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Bu o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi uchun ushbu Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuv bo‘ladi.

Shotlandiya — Marokash uchrashuvi 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.
Qaynoq24.uz JCH-2026 uchun ofsaydni aniqlash texnologiyasi yangilanishi haqida yozgan edi.


