Honor X80 Pro Max cho‘lda 17 soatlik sinovdan o‘tdi

Foto: Gizchina
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasining yangi Honor X80 Pro Max smartfoni rasmiy taqdimot arafasida ekstremal avtonomlik sinovidan o‘tkazildi. Qurilma Gobi cho‘li hududida, harorat 45 darajagacha ko‘tarilgan sharoitda sinovdan o‘tdi.

Smartfon kosmik soha obyektlarida ishlovchi muhandislar tomonidan uzoq ish smenalari davomida ishlatilgan. U qurilmalarni tekshirish, navigatsiya, aloqa, ma’lumotlarni qayta ishlash, suratga olish va yozuvlar kiritish kabi vazifalarda qo‘llangan.

Honor X80 Pro Max’ning asosiy jihati — to‘rtinchi avlod Qinghai Lake akkumulyatori. Uning sig‘imi 11 000 mA/soatni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon faol foydalanish rejimida ham 17 soat davomida quvvatlanmasdan ishlagan.

Sinov natijalariga ko‘ra, bir necha soatlik intensiv foydalanishdan keyin ham qurilma quvvati 89 foiz bo‘lgan. Keyingi kun tonggi 04:25 ga kelib batareya darajasi 26 foizgacha pasaygan.

Foto: Huaweicentral

Honor X80 Pro Max 22-iyun kuni Xitoyda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Model uzoq avtonom ishlash vaqti, suvga chidamlilik hamda zarbalarga bardoshlilikka urg‘u berilgan smartfon sifatida taqdim etiladi.

Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 90 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u 6,8 dyuymli OLED ekran, 120 Gs yangilanish chastotasi, 3840 Gs PWM-dimming va 10 000 nitgacha lokal yorqinlikka ega bo‘lishi mumkin.

Qaynoq24.uz Honor 600 Smart 5G 7700 mA/soat batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.