Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gruziyaga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2–3-iyul kunlari davlat tashrifi bilan Gruziyada bo‘ladi. Tashrif Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Tashrif dasturiga muvofiq, Tbilisi shahrida Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili hamda Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi do‘stlik hamda ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Xususan, siyosiy muloqotni mustahkamlash, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilinadi.

Tomonlar sanoat, farmatsevtika, kimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm, energetika va axborot texnologiyalari sohalarida yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratadi.

Tashrif doirasida transport-logistika yo‘nalishidagi hamkorlik ham muhim mavzulardan biri bo‘ladi. Xususan, mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish va logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Sammit yakunida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda yana 8 ta yirik IT park qurilishi boshlanishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.