O‘zbekistonda 3-iyul kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Foto: Pexels/ Mike Kotsch
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 3-iyul kuni havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi xabar bermoqda.

Respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy viloyatining cho‘l hududlari hamda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 31–33 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqqa o‘zgarib, 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 26–31 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik asosan kutilmaydi. Faqat Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba’zi joylarda kuchayib, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 30–35 darajani tashkil etadi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 17–22 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti. Harorat kechasi 18–23 daraja, kunduzi esa 32–37 darajagacha ko‘tariladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 17–22 daraja, kunduzi 30–35 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 17–22 daraja atrofida bo‘ladi.

Qaynoq24.uz charm korxonalariga yangi subsidiyalar berilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.