Ukraina 2026-yil boshidan buyon Rossiya hujumlari oqibatida 200 dan ortiq temiryo‘l lokomotivi yo‘q qilingani yoki shikastlanganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters Ukraina tiklanish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Oleksiy Kulebaga tayanib xabar berdi.
Kulebaning aytishicha, Rossiya Ukraina temiryo‘l infratuzilmasini nishonga olishni davom ettirmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, joriy yil boshidan beri Ukraina temiryo‘l obyektlariga 1 ming martadan ortiq hujum uyushtirilgan.
So‘nggi hujumlardan biri juma kuni kechqurun Dnipropetrovsk viloyatida sodir bo‘lgan. Kuleba ushbu hujum oqibatida ikki lokomotiv shikastlanganini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, ta’mirlash ishlari hajmi muntazam ortib bormoqda va buning uchun katta moliyaviy resurslar talab etilmoqda.
Ukrainaning davlat temiryo‘l operatori “Ukrzaliznytsia” mamlakat eksport yuklarining 90 foizdan ortig‘ini tashish bilan shug‘ullanadi.
Qaynoq24.uz Rossiyaning Ukrainaga zarbalari davom etayotgani haqida yozgan edi.


