Leapmotor B10 avtomobili taqdim etildi

Foto: Laepmotor
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Leapmotor kompaniyasi tomonidan brendning Leapmotor B10 EREV krossoveri Meksikada sotuvga chiqarildi va yetkazib berish boshlandi. Avtomobilning boshlang‘ich narxi 575 ming Meksika pesosini, ya’ni taxminan $32 895 ni tashkil qiladi.

Leapmotor B10 Meksikada Stellantis Mexico Automotive Engineering R&D and Testing Center markazida mahalliy bozorga moslashtirish sinovlaridan o‘tgach sotuvga chiqarildi. Kompaniya keyingi bosqichda C10 va C16 krossoverlarini ham Meksika bozoriga olib kirishni rejalashtirmoqda.

Foto: Leapmotor

Brendning rasmiy saytiga ko‘ra, Leapmotor Meksika bo‘ylab 28 ta savdo nuqtasiga ega, ulardan oltitasi Mexiko shahrida joylashgan. Meksika bozori uchun mo‘ljallangan Leapmotor B10 range-extender, ya’ni zaryadlovchi gibrid tizimga ega. Uning kapoti ostida 1,5 litrli atmosferali benzin dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u g‘ildiraklarni bevosita harakatga keltirmaydi, balki generator vazifasini bajaradi. Asosiy harakatni 160 kVt yoki 215 ot kuchiga ega elektromotor ta’minlaydi.

Krossover 18,8 kVt/soat sig‘imli LFP akkumulyator bilan jihozlangan. U NEDC sikli bo‘yicha elektr rejimida 98 km masofa bosib o‘tishi mumkin. Batareyani 46 kVt quvvatli tezkor zaryadlash orqali 30 foizdan 80 foizgacha 19 daqiqada to‘ldirish mumkin. 50 litrli yonilg‘i baki hisobiga avtomobilning aralash yurish zaxirasi 990 km gacha yetadi.

Foto: Leapmotor

Leapmotor B10 o‘lchamlari 4530 × 1885 × 1655 mm’ni, g‘ildirak bazasi esa 2735 mm’ni tashkil qiladi. Klirensi 170 mm, avtomobilning vazni 1785 kg. Bagaj bo‘limining standart hajmi 334 litrga teng.

Salon 14,6 dyuymli markaziy ekran, Apple CarPlay va Android Auto qo‘llab-quvvatlashi bilan jihozlangan. Xavfsizlik tizimlari qatorida yettita xavfsizlik yostiqchasi, adaptiv kruiz-kontrol, qatorni ushlab turish yordamchisi va avtomatik favqulodda tormozlash tizimi mavjud. Meksikadagi mijozlar avtomobil uchun to‘rt yillik kafolat, akkumulyator uchun esa sakkiz yillik kafolat oladi.

Qaynoq24.uz Leapmotor D99 avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.