Zeekr 9X 1 381 ot kuchi bilan oldindan sotuvga chiqdi

Foto: Zeekr
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Geely kompaniyasiga qarashli Zeekr brendi Xitoyda besh o‘rindiqli Zeekr 9X flagman yo‘ltanlamasiga oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Model yirik premium plagin-gibrid sifatida SEA-S platformasida ishlab chiqilgan.

Avtomobilning uzunligi 5 239 mm, kengligi 2 029 mm, balandligi 1 819 mm, g‘ildirak bazasi esa 3 169 mmni tashkil etadi. Zeekr 9X 22 dyuymli g‘ildiraklar, tomga o‘rnatilgan lidar va aqlli tasvir uzata oladigan bo‘lingan faralar bilan jihozlangan. Orqa eshikning pastki qismi 300 kilogrammdan ortiq yukni ko‘tara oladi.

Foto: Zeekr

Salon Soft Nappa charmi va 14 ta tabiiy yog‘och bezak bilan qoplangan. Old panelga ikkita 16 dyuymli 3,5K OLED ekran o‘rnatilgan. Bentley avtomobillarida ham qo‘llanadigan Naim audiotizimi 32 ta karnay va 3 868 vattgacha quvvatni taklif qiladi.

Zeekr 9X 900 voltli gibrid tizimga ega. 2,0 litrli turbo dvigatel va uchta elektr motor umumiy hisobda 1 030 kVt yoki 1 381 ot kuchi ishlab chiqaradi. Shu tufayli yo‘ltanlamas 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada chiqadi.

Foto: Zeekr

6C batareya avtomobilga elektr quvvatida 380 kmgacha yurish imkonini beradi. Akkumulyatorni 20 foizdan 80 foizgacha to‘ldirish uchun to‘qqiz daqiqa talab etiladi.

Model 43 ta yuqori aniqlikdagi sensor, jumladan, beshta lidar bilan jihozlangan. Eng kuchli H9 versiyasi 1 400 TOPSdan ortiq hisoblash quvvatiga ega bo‘lib, L3 darajasidagi avtonom boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qaynoq24.uz Zeekr 8X va 9X gibridlari qachon eksportga chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.