UzAuto Motors yangi avtomobilini sotuvga chiqardi

Foto: Chevrolet
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

“UzAuto Motors” AJ O‘zbekistonda yangi Chevrolet Suburban High Country avtomobili sotuvi boshlanganini ma’lum qildi. Yetti o‘rindiqli yirik yo‘ltanlamasning tavsiya etilgan chakana narxi 1 milliard 485 million 100 ming so‘m etib belgilangan.

Chevrolet Suburban High Country 6,2 litr hajmli atmosferali V8 benzin dvigateli bilan jihozlangan. Ushbu dvigatel 420 ot kuchigacha quvvat ishlab chiqaradi hamda 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi va to‘liq uzatma tizimi bilan birgalikda ishlaydi.

Foto: Chevrolet

Avtomobil adaptiv pnevmatik osma tizimiga ega. Mazkur tizim yo‘l sharoitiga qarab kuzov balandligini va osmaning ishlash rejimini moslashtirib, haydovchi hamda yo‘lovchilar uchun qulaylikni oshiradi.

Yo‘ltanlamasda bir qator zamonaviy xavfsizlik va haydovchiga ko‘maklashuvchi tizimlar o‘rnatilgan. Jumladan, avtomobil elektron barqarorlik nazorati, tortish kuchini boshqarish, tormoz kuchini elektron taqsimlash, piyodalarni aniqlash, avtomatik tormozlash, harakat yo‘lagida ushlab turish hamda ko‘rinmas hududlarni kuzatish tizimlari bilan jihozlangan.

Foto: Chevrolet

Chevrolet Suburban High Country salonida 17,7 dyuymli rangli multimedia ekrani, 11 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va proyeksion displey mavjud. Ushbu qurilmalar haydovchiga avtomobilning texnik holati, harakat tezligi, yo‘nalish va boshqa zarur ma’lumotlarni qulay shaklda taqdim etadi.

O‘lchamlar va dizayn

Avtomobilning uzunligi 5748 millimetr, kengligi 2058 millimetr, balandligi 1934 millimetrni tashkil etadi. G‘ildirak bazasi esa 3407 millimetrga teng. Kattalashtirilgan o‘lchamlar hisobiga model yetti kishiga mo‘ljallangan keng salon va katta sig‘imli yukxona bilan ta’minlangan.

Foto: Chevrolet

Ishlab chiqaruvchi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilning uchinchi qator o‘rindiqlari ham voyaga yetgan yo‘lovchilar uchun yetarlicha qulay. Kengaytirilgan salon Suburban’ni katta oilalar, xizmat safarlari, uzoq masofalarga sayohat qilish va faol turmush tarzini olib boruvchilar uchun mos avtomobilga aylantiradi.

Kompaniya ushbu model Chevrolet Tahoe imkoniyatlariga o‘rgangan, biroq undan ham kengroq va funksionalroq avtomobil izlayotgan xaridorlar uchun mo‘ljallanganini qayd etdi.

Foto: Chevrolet

Chevrolet Suburban High Country haqida qo‘shimcha ma’lumotni UzAuto Motors’ning +998 78 141 77 77 raqamli aloqa markazi, Chevrolet’ning rasmiy sayti yoki kompaniyaning rasmiy dilerlik markazlari orqali olish mumkin.

Qaynoq24.uz eng yaxshi Chevrolet avtomobillari haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.