Markaziy bank tomonidan 9-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9 mln 186 ming so‘mdan sotilmoqda.
10 grammli quymaning sotuv narxi 18 mln 372 ming so‘m, 20 grammli quymaniki 36 mln 743 ming so‘m etib belgilandi. 50 grammli oltin quyma 91 mln 858 ming so‘m, 100 grammli quyma esa 183 mln 716 ming so‘mdan sotilmoqda.
Qadog‘i but saqlangan 5 grammli quymani qaytarib sotib olish narxi 7 mln 779 ming so‘mni tashkil etadi. 10 grammli quyma 15 mln 558 ming so‘m, 20 grammli quyma 31 mln 117 ming so‘m, 50 grammli quyma 77 mln 792 ming so‘m, 100 grammli quyma esa 155 mln 585 ming so‘mdan qayta xarid qilinadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qayta sotib olish | Qadog‘i buzilgan holatda qayta sotib olish |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 186 000 so‘m | 7 779 000 so‘m | 7 701 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 372 000 so‘m | 15 558 000 so‘m | 15 401 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 743 000 so‘m | 31 117 000 so‘m | 30 803 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 858 000 so‘m | 77 792 000 so‘m | 77 007 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 716 000 so‘m | 155 585 000 so‘m | 154 013 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 9-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


