Markaziy bank tomonidan 21-iyul uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 9,2 mln so‘mdan sotilmoqda.
Qadog‘i but holatdagi quyma 7,7 mln so‘mga, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan taqdirda esa ekspertizadan so‘ng 7,6 mln so‘mga qaytarib sotib olinadi.
10 grammli quymaning sotuv narxi 18,4 mln so‘mni tashkil etdi. Markaziy bank uni qadog‘i saqlangan holatda 15,4 mln so‘mga, qadog‘i shikastlangan bo‘lsa 15,2 mln so‘mga qaytarib sotib oladi.
20 grammli oltin quyma 36,7 mln so‘mdan sotilmoqda. Uning qaytarib sotib olish narxi qadoq holatiga qarab 30,4–30,7 mln so‘mni tashkil qiladi.
50 grammli quymaning sotuv narxi 91,9 mln so‘m etib belgilandi. Qadog‘i but holatda u 76,9 mln so‘mga, qadog‘i buzilgan holatda esa 76,1 mln so‘mga qaytarib sotib olinadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish | Qadog‘i buzilgan holatda qaytarib sotib olish |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 186 000 so‘m | 7 687 000 so‘m | 7 610 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 372 000 so‘m | 15 374 000 so‘m | 15 219 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 743 000 so‘m | 30 749 000 so‘m | 30 438 000 so‘m |
| 50 gramm | 91 859 000 so‘m | 76 872 000 so‘m | 76 096 000 so‘m |
| 100 gramm | 183 717 000 so‘m | 153 745 000 so‘m | 152 192 000 so‘m |
Qaynoq24.uz 21-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.


