Honor 600 Pro smartfonining yangi versiyasi taqdim etildi

Foto: Huaweicentral
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi Honor 600 Pro smartfonining Sky Blue Gift Box Edition nomli cheklangan versiyasini Xitoyda sotuvga chiqardi. Yangi to‘plam faqat 21–31-iyul kunlari xarid qilish uchun mavjud bo‘ladi.

Maxsus versiyadagi smartfon yangi och ko‘k Sky Blue rangida taqdim etilgan. Sovg‘alar to‘plamiga Honor brendli sumka, pat teksturasi va gradiyent dizayniga ega himoya g‘ilofi, tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan tashqi akkumulyator, aktrisa Van Churan tasviri tushirilgan kolleksion karta hamda eksklyuziv stikerlar kiritilgan.

Honor 600 Pro 200 MP asosiy kamera, 7 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va IP69K darajasidagi chang hamda suvdan himoya bilan jihozlangan. IP69K standarti qurilmaning yuqori bosim va haroratdagi suv oqimlariga bardosh bera olishini anglatadi.

Kompaniya maxsus to‘plam bilan bir qatorda qo‘shimcha aksiyalarni ham yo‘lga qo‘ydi. Honor 600 Pro‘ning 12 GB tezkor va 256 GB ichki xotirali versiyasiga 200 yuan chegirma berilmoqda. Xaridorlar narxi 299 yuan bo‘lgan Honor Earbuds X9 simsiz quloqchinlarini ham bepul oladi.

Smartfonni 24 oygacha foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Eski qurilmasini trade-in dasturi orqali topshirgan mijozlarga esa 1 ming yuangacha subsidiya taqdim etiladi.

Talabalar uchun alohida taklif ham ishlab chiqilgan. Ular Honor 600 Pro xarid qilganda tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 10 000 mA/soat sig‘imli tashqi akkumulyatorni bepul olishlari mumkin.

Honor 600 Pro Sky Blue Gift Box Edition kompaniyaning rasmiy internet-do‘koni, shuningdek, JD.com va Tmall platformalarida sotilmoqda. Cheklangan to‘plamning qancha nusxada ishlab chiqarilgani va aksiya yakunlangach yangi rangdagi smartfon alohida sotilishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Qaynoq24.uz Honor X7e Plus 5G smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.