Chexiyada harbiy vertolyoti quladi, bir askar halok bo‘ldi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Chexiya sharqidagi Namesht-nad-Oslavou harbiy aviabazasida UH-1Y Venom harbiy vertolyoti qulashi oqibatida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari jarohatlandi. Hodisa vaqtida vertolyot bortida jami besh nafar askar bo‘lgan.

Halokat Praga shahridan qariyb 180 kilometr janubi-sharqda joylashgan 22-vertolyot aviabazasida, mahalliy vaqt bilan tushga yaqin yuz bergan. Jarohatlangan harbiylarning barchasi shifoxonalarga yetkazilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan uch nafarining jarohati o‘rtacha og‘irlikda, yana birining ahvoli yengil deb baholangan.

Chexiya armiyasi halokat sabablarini hozircha ma’lum qilmagan. Voqea yuzasidan tergov boshlangan, tekshiruv yakunlanguniga qadar mamlakat qurolli kuchlaridagi barcha H-1 turkumiga mansub UH-1Y Venom va AH-1Z Viper vertolyotlarining parvozlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Bell Textron kompaniyasi ishlab chiqaradigan UH-1Y Venom ko‘p maqsadli harbiy vertolyot hisoblanadi. U qo‘shin va yuk tashish, qidiruv-qutqaruv hamda jangovar vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, General Electric kompaniyasining ikkita T700-GE-401C dvigateli bilan jihozlangan.

Qaynoq24.uz Indoneziyaning G‘arbiy Kalimantan provinsiyasida vertolyot qulab tushishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Foto manba.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.