Markaziy bank tomonidan 28-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 30,16 so‘mga pasayib, 11 988,92 so‘mni tashkil etdi.
Yevro 25,96 so‘mga arzonlab, 13 663,77 so‘mga tushdi. Rossiya rubli 0,38 so‘mga pasayib, 153,49 so‘m etib belgilandi.
Britaniya funt sterlingi 23,38 so‘mga arzonlab, 15 984,83 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,12 so‘mga pasayib, 73,31 so‘mga, Shveysariya franki esa 11,72 so‘mga arzonlab, 14 710,33 so‘mga teng bo‘ldi.
Xitoy yuani kursi ham 2,96 so‘mga pasayib, 1 771,91 so‘m etib belgilandi. Shu tariqa yangi kurslarda yettita asosiy xorijiy valyutaning barchasi so‘mga nisbatan qiymat yo‘qotdi.
Qaynoq24.uz 27-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilgani haqida yozgan edi.


