O‘zbekistonda biznesga 10,5 trln so‘m QQS qaytarildi

Foto: depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida tadbirkorlik subyektlariga jami 10 trln 549,2 mlrd so‘m QQS qaytarib berildi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarda qayd etilgan.

Hisobot davrida 5 569 ta korxonadan QQSni qaytarish bo‘yicha 6 462 ta ariza kelib tushgan. Qoplab berilgan mablag‘larning asosiy qismi ishlab chiqarish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu yo‘nalishdagi korxonalarga 7 trln 496,9 mlrd so‘m yoki jami qaytarilgan QQSning 71,1 foizi to‘langan.

Xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlarga 1 trln 117,8 mlrd so‘m QQS qaytarilgan. Transport xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar 613 mlrd so‘m, savdo sohasi vakillari esa 432,6 mlrd so‘m miqdorida kompensatsiya olgan.

Manba: Soliq qo‘mitasi

Qishloq xo‘jaligi korxonalariga qaytarilgan QQS hajmi 423,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Qurilish sohasi vakillariga 366,3 mlrd so‘m, xorijiy va boshqa vakolatxonalarga 35,7 mlrd so‘m, axborot va aloqa yo‘nalishidagi korxonalarga esa 16,1 mlrd so‘m qoplab berildi. Boshqa sohalar hissasiga 47,8 mlrd so‘m to‘g‘ri kelgan.

Eksportchi korxonalarga qaytarilgan QQS hajmi 2 trln 843 mlrd so‘mga yetdi. Yanvar–iyun oylarida 934 ta eksportchi korxona soliqni qaytarish uchun jami 2 401 ta ariza taqdim etgan. Shunday qilib, eksportchilar hissasiga olti oyda qaytarilgan barcha QQS mablag‘larining qariyb 27 foizi to‘g‘ri kelgan.

Qaynoq24.uz QQS to‘lovchilar soni 269 mingdan oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.