BMW 2027-yilgacha 8 mingta ish o‘rnini qisqartiradi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Germaniyaning BMW avtomobil konserni 2027-yil oxirigacha xodimlar sonini qariyb 8 ming kishiga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Qisqartirishlar asosan Germaniyadagi ma’muriy va avtomobillarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarga taalluqli bo‘ladi.

Kompaniya ishlab chiqarish korxonalarida bevosita ishlaydigan xodimlarni qisqartirishni rejalashtirmayapti. BMW vakilining ma’lum qilishicha, ishchi o‘rinlarini kamaytirish dasturi konsern rahbariyati va xodimlar kengashi o‘rtasida kelishilgan.

Rejaga ko‘ra, xodimlar tabiiy ravishda ishdan ketishi hamda ixtiyoriy ravishda mehnat shartnomasini bekor qilish dasturi hisobiga shtatlar qisqartiriladi. Kompensatsiya paketlarini qabul qilish imkoniyati 2026-yil oktabridan 2027-yil oxirigacha taqdim etilishi kutilmoqda.

Hozirda Myunxenda joylashgan korxonalarda dunyo bo‘yicha qariyb 150 ming kishi ishlaydi. Manbalarga ko‘ra, amalga oshiriladigan choralar natijasida kompaniyaning umumiy xodimlar soni taxminan 8 ming kishiga kamayishi mumkin.

Kompaniya Germaniyada xodimlarni qisqartirishga qaror qilgan navbatdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Avvalroq Volkswagen, Mercedes-Benz, Audi va Porsche ham o‘n minglab ish o‘rinlarini qisqartirish yoki qayta tashkil etish rejalarini e’lon qilgan edi.

Germaniya avtomobil sanoati elektromobillarga o‘tish xarajatlari, Xitoy kompaniyalari bilan kuchayib borayotgan raqobat, AQSh tariflari va avtomobillarga talabning sustligi sababli bosim ostida qolmoqda.

Qaynoq24.uz BMW X5 L haqida batafsil ma’lumotlarni yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.