Huawei kompaniyasi Xitoyda yangi Huawei Nova 16 SE smartfoni uchun oldindan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda Gizmochina xabar berdi.
Tasvirga ko‘ra, Huawei Nova 16 SE orqa panelida uchta kamerali yirik modulga ega bo‘ladi. Uning dizayni iPhone 17 Pro kameralar blokiga o‘xshash tarzda ishlangan. Old panel markazida selfi kamerasi uchun teshik, korpus chetlarida esa yumaloqlangan ramkalar joylashgan.

Insayder Digital Chat Station ma’lumotlariga ko‘ra, smartfon 1,5K aniqlikdagi 6,84 dyuymli yassi LTPS OLED displey bilan jihozlanishi mumkin. Ekranning maksimal yorqinligi 8000 nitgacha yetishi aytilmoqda. Qurilmaning apparat asosini Huawei’ning Kirin 8020 protsessori tashkil etishi kutilmoqda.
Nova 16 SE’ning asosiy xususiyatlaridan biri 8500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘lishi mumkin. Batareya 66 Vt quvvatli tezkor simli quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfonning asosiy kamerasi 50 MP aniqlikdagi RYYB sensori va Red Maple ranglarni qayta ishlash texnologiyasi bilan jihozlanishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilmada BeiDou sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali xabar yuborish imkoniyati, plastik ramka va yon tomonga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri bo‘lishi mumkin.
Qaynoq24.uz Huawei Nova 16 SE qanday batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.


